O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Andijon va orenburg viloyatlari oʻrtasida hamkorlik memerandumi imzolandi

Andijon va orenburg viloyatlari oʻrtasida hamkorlik memerandumi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillari Rossiya Federatsiyasida boʻlib turibdi. 

Ular safida Andijon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari A. Egamberdiyev rahbarligida Andijon viloyati delegatsiyasi ham bor.

Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining turli viloyatlarida boʻlib vazirliklar, boshqaruv idoralari mutasaddilari, kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi, hamkorlik yuzasidan kelishuv va memorandumlar imzoladi.

Jumladan, uchrashuvlar doirasida Andijon va Orenburg viloyatlari oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Andijon viloyati delegatsiya vakillari Rossiya Federatsiyasining Baykalorti oʻlkasi markazi - Chita shahrida ham boʻldi. Delegatsiya aʼzolari Chita shahridagi oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashib, suhbatlar oʻtkazdi.

Baykal orti oʻlkasiga tashrifning ikkinchi kunida oʻlkaning hukumat vakillari, vazirliklar va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida keng formatda uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda mehnat migratsiyasi hamda ikki viloyat oʻrtasidagi savdo-sotiq va tadbirkorlik yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvlarlarga erishildi.

Andijon viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari davom etmoqda.

769
F. UBAYDULLAYEV, OʻzA