Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 18:00 Chop etish versiyasi

Andijon shahrida zamonaviy me’morchilik asosida bunyod etilgan “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi

Andijon shahrida zamonaviy me’morchilik asosida bunyod etilgan “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida qad rostlagan ushbu maskanda nuroniylarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit muhayyo.

3 (4).JPG

– Bu muhtasham koshona biz, keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan doimiy hurmat-ehtiromning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi, – deydi Qodirjon ota Ro‘ziyev. – Bu yerda choyxona, kutubxona, sport-sog‘lomlashtirish zali, tibbiyot, ma’naviyat xonalari tashkil etilibdi. Ushbu qulayliklar vaqtimizni chog‘ o‘tkazish bilan birga, belimizga quvvat, yoshimizga yosh qo‘shishga xizmat qiladi.

Zuhriddin Umrzoqov (surat), O‘zA
554






Все о погоде - Pogoda.uz