Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.01.2018 16:55 Chop etish versiyasi

Amaliy rejalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 3-yanvarda Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilishda umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Xalq ta’lim vazirligi tizimda kechayotgan islohotlardan keng jamoatchilik, ayniqsa ota-onalarni kengroq tanishtirish, o‘quv maskanlari va jamoat tashkilotlari, ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida bilim maskanlarining bu yilgi reja va vazifalariga bag‘ishlangan taqdimotlarni joriy yil 20-yanvar kuni soat 16.00da yurtimizning barcha maktablarida tashkil etildi. 

- Ota-onalar majlisi tarzida o‘tkaziluvchi bunday taqdimot tadbiri maktabning faoliyati, pedagoglar jamoasi, o‘qituvchilar salohiyati, to‘garaklar ishi haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot beradi, - deydi Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 243-maktab direktori Gavhar Zuhurova. - Shu yerning o‘zida o‘quvchilarning davomati, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchayirish, ko‘pchilik ichida o‘zini tutishi, ularning darsdan tashqari bo‘sh vaqtini oqilona va unumli tashkil etish, Internetdan foydalanish madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish bilan bog‘liq masalalar ham ota-onalar, mahalla faollari bilan birgalikda hal etildi. Bilim dargohimiz "Orzu", "Universitet" kabi mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlik qilgani bois mahalla faollari ham taqdimotga taklif etilgan. Bunday muloqot maktabdagi ta’lim olishga oid sharoitlarni yanada kengaytirish, tarbiyaviy ishlarning natijadorligini kuchaytirish, o‘quvchilar davomati, bilimlarni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni birgalikda hal etish imkonini berdi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
4 711