O‘zA O`zbek

12.09.2018 19:33 Chop etish versiyasi

Alp togʻlarimi yoki Chimyon?

Alp togʻlarimi yoki Chimyon? Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasidan maʼlum qilishlaricha nemis tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda. Buni Shveysariyaning Travel Brain Reisen sayyohlik kompaniyasi veb-saytida chop etilgan batafsil maqola ham tasdiqlaydi.

Mazkur kompaniyaning sayyohlik sohasida 50 yildan ziyod tajribasi boʻlib, u dunyo boʻylab oilaviy, individual va guruh bayramlari uchun keng turdagi xizmatlarni taklif etadi.

Saytning vakili Xans-Peter Brasseur mamlakatimizga tashrifi va taassurotlari bilan oʻrtoqlashar ekan, Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan Oʻzbekiston haqida iliq fikrlar keltirib oʻtgan.

U “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Toshkent xalqaro aeroportidagi xalqaro terminalda xizmat koʻrsatish darajasini yuksak baholagan. Bojxona jarayonlari bir necha daqiqadan hal qilingani, mehmonxonada xizmatlar sifati yuqori ekanini taʼkidlagan.

“Bundan tashqari, Chimyon togʻlariga va Chorvoq suv ombori kabi sayyohlik maskanlari Toshkent shahrining aholisi va mehmonlari uchun dam olish maskanlari boʻlib, Chimyon Gʻarbiy Tyanshanning eng noyob va chiroyli joylaridan biridir. Siz bu yerda hayratlanarli tabiat haqida ajoyib tasavvurga ega boʻlasiz. Togʻ havosining tozaligi, oʻtlar, gullar va oʻsimliklar iforini his qilasiz, – deb yozadi muallif. – Ikki kun davomida men Samarqandning noyob obidalari, shuningdek, uning mehribon va mehmondoʻst odamlarini kashf etdim. Shaharning zamonaviy rivojlanishi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldim.

OʻzA
2 017