Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2018 15:26 Chop etish versiyasi

Alisher Usmonov metallurgiya zavodiga investitsiya kiritdi

Alisher Usmonov metallurgiya zavodiga investitsiya kiritdi “Toshkent metallurgiya zavodi” xorijiy korxonasini qurish ishlari O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Qurilishiga 2017 yilda asos solingan va 2019 yilda to‘liq ishga tushishi kutilayotgan loyihaning umumiy qiymati 286,7 million yevroga teng. Zavodning quvvati yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari tamal toshini qo‘ygan zavodning joylashgan yer maydoni qariyb 50 gektar bo‘lib, 36 gektardan ko‘proq maydonda o‘ttizga yaqin bino va inshooatlar qurilishi mo‘ljallanmoqda. Hozircha 700 ish o‘rni bo‘ladi. Keyinchalik ishlab chiqarishning ortishi bilan qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilishi ma’lum qilinmoqda.

Qayd etish joizki, MDH va xorijda so‘nggi o‘n yil davomida jahonda yetakchi ishlab chiqaruvchilar tajribasi va texnologiyasi asosida bu kabi metall mahsulotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan investitsiyaviy loyihaga hali hanuz qo‘l urilmagan.

Korxonada avtomobillarga kuzov ishlab chiqarish uchun metall listlar, qurilishda ishlatiladigan turli metall cherepitsalar, profnastil hamda maishiy texnikalar uchun metall listlar tayyorlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizi ichki, 20 foizi esa tashqi bozorga yo‘naltiriladi.

O‘zA
2 809