Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.08.2018 12:41 Chop etish versiyasi

Aleksandr Gukovning hayoti saqlab qolindi

Aleksandr Gukovning hayoti saqlab qolindi

Alpinist 6200 km. balandlikdagi qoyalar orasida bir hafta jon saqladi

31-iyul kuni Pokistonning Latok-1 tog‘ tizmasida bir hafta davomida qamalda bo‘lgan rossiyalik alpinist Aleksandr Gukov hayoti saqlab qolindi, deya xabar beradi qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Rossiya Alpinistlar Federatsiyasi a’zosi Anna Piunova.

Gukov o‘zining hamrohi Sergey Glazunov bilan Latok-1 tog‘ tizmasidagi balandligi 7145 metrlik cho‘qqini zabt etib, hali inson qadami yetmagan shimoliy tizma bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilishni reja qilganlar. Baxtsiz hodisa sabab 25-iyul kuni Glazunov qoyadan yiqilib halok bo‘ldi. 

Anna Piunovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Gukovning ahvoli ancha zaiflashgan, shuningdek, u ko‘rgan qiyinchiliklar gapirish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Unga yordam kelgan zahoti Pokistonning Skardu shahridagi kasalxonalardan biriga yetkazilgan.

Zuhra Mirzaboyeva

O'zA
2 514