O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Akademik bilan uchrashuv

Akademik bilan uchrashuv

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 4-umumta’lim maktabida O‘zFA Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida yil boshida maxsus yo‘l xaritasi tuzish an’anaga aylangan bo‘lib, unga ko‘ra, akademiya a’zolari maktab, litsey, oliy o‘quv yurtlariga borib yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni ilm-fan yutuqlari bilan tanishtirish, ularning ilmiy ishlarga qiziqishini oshirishdir.

–Hayotda inson erishadigan yutuqlarning omillari juda ko‘p, – dedi Komiljon Tojiboev. – Shulardan biri va eng muhimi, vaqtning qadriga yetish, uni to‘g‘ri taqsimlash, rejalashtirishdir. Siz, yoshlarga maslahatim, vaqtingizni shunday taqsimlangki, o‘zingiz va jamiyat uchun naf keltiradigan hamma ishlarga yetsin. Buning uchun mamlakatimizda barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli.

4.jpg

10.jpg

1.jpg

6.jpg

957
Hotam Mamadaliev (surat), O‘zA