O‘zA O`zbek

21.08.2019 Chop etish versiyasi

Aka uyali telefon sabab o‘z ukasi qotiliga aylandi

Aka uyali telefon sabab o‘z ukasi qotiliga aylandi

20.08.2019 yil soat 19:30 larda, Olmaliq shahar, Abdulla Qaxxor ko‘chasida yashovchi M.A. (1994 y.t.) ukasi A.A. (2001 y.t.) bilan uyali telefon apparatini talashib qolib, o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan ukasining bo‘yin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.

A.A. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yo‘lda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Bosh prokuratura axborot xizmati

1 811
O‘zA