O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Airbusning vodorodli samolyoti 2035-yilda parvozga qoʻyiladi

Airbusning vodorodli samolyoti 2035-yilda parvozga qoʻyiladi

Airbus konserni butun dunyoda ilk bor bor zararli chiqindilar tarqatmaydigan ZEROe tijorat samolyotining uchta konsepsiyasini taqdim etdi.

Kompaniya energiya manbai sifatida aviatsiyaga oid sof yoqilgʻining istiqbolli turi – vodoroddan foydalanish taklif etmoqda.

Airbus vodorodga oid texnologiyalar hozirgidek rivojlanishni davom etsa, samolyot oʻzining dastlabki parvozini 2035-yilda amalga oshiradi, deya taxmin qilmoqda.

“Sof energiya”ning yozishicha, bir necha oylardan keyin vodorodli yoqilgʻi elementlari hamda vodorodni yoqib-yondirish texnologiyalarining sinovlari boshlanadi.

Kompaniya 2025-yilda ZEROe aviaqurilish dasturini ishga tushirishni rejalashtirishmoqda. Samolyotning toʻliq prototipi esa 2020-yil oxirida tayyor boʻlishi kutilmoqda.

662
OʻzA