O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Aholiga bir martalik moddiy yordam berilmoqda

Aholiga bir martalik moddiy yordam berilmoqda


Andijon viloyati Paxtaobod tumanida Davlatimiz rahbarining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ishlar boshlab yuborildi.

Maʼlumki, farmonda pandemiya davrida ehtiyojmand aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish maqsadida bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi belgilangan. Tuman hokimi va sektor rahbarlari yetakchiligida tumanning Sangraobod va Muazzinboy mahallalarida ana shu bir martalik moddiy yordam pullari topshirildi.

Bugun mazkur mahallalardagi ehtiyojmand oilalarda istiqomat qiluvchi 128 nafar fuqaroning har biriga 220 ming soʻmdan moddiy yordam puli berildi.

Tumanda bir martalik yordam pulini berishni belgilangan muddat ichida toʻla yakunlanlash koʻzda tutilgan.

photo_2020-08-05_11-51-22.jpg

photo_2020-08-05_11-51-23.jpg

photo_2020-08-05_11-51-24.jpg

photo_2020-08-05_11-51-25.jpg


2 017
F.UBAYDULLAYEV, Z.UMRZOQOV (surat), OʻzA