Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2018 12:26 Chop etish versiyasi

Aholidan kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qilishning zamonaviy tizimi

Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda zamonaviy axborot tizimidagi yangilanishlar natijasida moliya muassasalarining ham aholiga xizmat ko‘rsatish sifati tubdan yangilandi. Xususan, bank tizimida qator yangi xizmat turlari joriy qilinishi natijasida bank mijozlarining vaqti, ortiqcha ovoragarchilik va sarf-xarajatlari keskin qisqardi.

Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” aholi va mijozlarga bank xizmatini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ko‘plab zamonaviy xizmat turlarini joriy qilib kelmoqda.

Shulardan biri kommunal va boshqa bir qancha to‘lovlarni qabul qilishga mo‘ljallangan, 2500 dan ortiq maxsus planshet va termoprinter hamda terminallarni joriy qilingani yaxshi samara bermoqda. Ana shunday zamonaviy uskunalar orqali bank xodimlari mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi chekka-chekka qishloq va ovullarda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning yashash hududiga borib kommunal to‘lovlarini qabul qilishi aholining uzog‘ini yaqin qilmoqda. E’tiborli jihati ushbu zamonaviy uskunalarning barchasi internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, aholiga “on-layn” tizimida xizmat ko‘rsatmoqda.

— Mana uyimizning oldiga “Xalq banki” xodimlari kelib issiq suv, sovuq suv, gaz, elektr energiyasi kabi kommunal to‘lovlarni qabul qilib og‘irimizni yengil qilyapti, tuman markaziga xarajat qilib borib kelishga hojat qolmayapti, terminnallar ishlab turibdi, to‘lovlarimiz shu yerning o‘zida hisob raqamimizga borib tushgani haqida chek chiqarib beryapti, — deydi Nodira Azlarova.

Bank tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aholidan 490,4 mlrd. so‘m miqdorida komunal to‘lovlar qabul qilingan bo‘lib, shularning 196,1 mlrd. so‘mi mazkur zamonaviy planshetlar orqali qabul qilib olingan to‘lovlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Бундан ташқари, жисмоний шахслар томонидан “Халқ банки” филиаллари орқали тўланган ҳар қандай тўловларни хизмат кўрсатувчи ташкилот ҳисобрақамига ўтганини www.xb.uz сайти орқали “он-лайн” равишда аниқлаштириш хизмати жорий қилинмоқда.

Reklama huquqi asosida
4 491