O‘zA O`zbek

20.08.2018 20:05 Chop etish versiyasi

Aholi uchun arzon ko‘p qavatli uy-joylarni kreditlash:amaliyot va samara

Aholi uchun arzon ko‘p qavatli uy-joylarni kreditlash:amaliyot va samara O‘zbekiston Milliy matbuot markazida“Aholi uchun arzon ko‘p qavatli uy-joylarni kreditlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Ipoteka-bank” ATIB Ipoteka va iste’mol kreditlari boshkarmasi boshlig‘i Bobur Nurmuhamedov, “Ipoteka-bank” ATIB Kurilish tashkilotlarini moliyalashtirish boshkarmasi boshlig‘i Shuhrat Toshpo‘latov, “Ipoteka-bank” ATIB Ipoteka va iste’mol kreditlari boshkarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farxod Kurbonov hamda bank mutasaddi xodimlari shuningdek, “O‘zshahar kurilish invest” IK MCHJ vakillari va tele va radio, internet va matbuot nashrlari vakillari ishtirok etdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida “Ipoteka-bank” ATIBning ham munosib xizmati borligi alohida e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017 - 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni kurish va rekonstruksiya kilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 13 yanvardagi “2017 - 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni kurish va rekonstruksiya kilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni kurish va rekonstruksiya kilish dasturini samarali amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarida aholining ehtiyojmand kismini uy-joy bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ipoteka kreditlarini ajratilishida, kredit berish tartibini takomillashtirish, bu borada axoliga yaratilayotgan qulayliklar xususida “Ipoteka-bank”ATIB Ipoteka va iste’mol kreditlari boshkarmasi boshlig‘i Bobur Nurmuhamedov alohida to‘xtalib, bank tomonidan aholi uchun arzon, barcha kulayliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylarga ajratiladigan kreditlarni berish mexanizmini soddalashtirilishi yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaxarlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylarni kurish va rekonstruksiya kilish dasturini samarali amalga oshirish bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyuldagi 555-f-sonli farmoyishiga muvofiq ayni paytda Toshkent shaxri va respublikamizning barcha shaharlarida 411 ta ko‘p kvartirali uy-joy qurilishi jadal davom etmokda. Rejaga ko‘ra, shu yilning o‘zida 16 995 ta muhtoj oilalar arzon va shinam uy-joy bilan ta’minlanadi.

Uy-joyga muhtoj fuqarolarni (oilalarni) aniqlash va xonadonlarga biriktirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan nizom talablaridan kelib chiqib shahar (tuman) hokimligida tashkil etilgan hududiykomissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Arzon uy-joylarni aholiga biriktirish tartibi xususan, hududiy komissiyalar faoliyati hakida “Ipoteka-bank” ATIB Ipoteka va iste’mol kreditlari boshkarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farhod Qurbonov o‘z ma’ruzasida to‘xtalib, bu borada bankda aholiga yaratilayotgan kulayliklar xususan “Bir darcha” kulayliklari xususida gapirib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi “2018 yilda kishlok joylarda yangilangan namunaviy loyixalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar kurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi qaroriga binoan uy-joyga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga yanada yengillik yaratish maksadida boshlang‘ich badal mablag‘larini 10-20 foizo‘zgaruvchan (differensial) ya’ni, ko‘p kavatli uy-joylarning qavatiga karab boshlang‘ich badal miqdori belgilanishidan kelib chiqib o‘rtacha 15 foizni tashkil etadi.

“Arzon va ko‘p kavatli uylarni kurilishini moliyalashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida “Ipoteka-bank” ATIB kurilish tashkilotlarini moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Toshpo‘latov batafsil ma’lumot berdi.

2017-2020 yillarda shaharlarda ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra kelgusi 4 yil davomida jami 51 350 kvartiradan iborat 5, 7 va 9 kava

tli 1 236 ta uy-joylar kurilishi belgilangan. Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chikib, “Ipoteka bank” ATIB tomonidan 2018 yil uchun rejalashtirilgan jami 16 995 xonadonli 411 ta ko‘p kavatli uy-joylar kurilishi moliyalashtirilmokda. Ushbu ko‘p qavatli uy-joylar kurilishi uchun “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasiga 3,2 trillion so‘m miqdorida kredit liniyalari ochildi.

Mazkur 411 ta ko‘p qavatli uy-joylar yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ularda kurilish ishlarining borishi, sifatli materiallardan foydalanilishi, zamonaviy me’morlik me’yorlariga amal qilinishi tegishli davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qat’iy nazorat qilib borilmoqda.

Tadbir doirasida“Ipoteka-bank” ATIB aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning faol ishtirokchilardan biri ekanligi shu boisdan, belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaktida bajarish, mijozlar ishonchini oqlash, ularga sifatli, qulay va tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida samarali mexanizm yaratilganligi alohida ta’kidlandi.

Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan javob berildi.


“Ipoteka-bank” ATIB
Matbuot xizmati

O‘zA
2 876