Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

31.08.2018 12:44 Chop etish versiyasi

Aholi salomatligida xususiy tarmoq ulushi

Aholi salomatligida xususiy tarmoq ulushi
Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishda davlat tibbiyot muassasalari qatorida xususiy shifo maskanlarining ham alohida oʻrni bor.

Navoiy viloyatida tibbiyot sohasini zamon talablari darajasida rivojlantirishda xususiy tarmoq faoliyat koʻlamini muttasil oshirib borishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Viloyatning Xatirchi tumanida bugunga kelib 30 ga yaqin xususiy tibbiyot muassasasi aholi salomatligi yoʻlida faoliyat yuritmoqda.

Ana shunday shifo maskanlaridan biri “Choriqul Shoymatov gavhari” xususiy klinikasi 100 qatnov imkoniyati va 40 oʻrinli statsionarga ega. Muassasada 10 dan ziyod malakali tibbiyot xodimi zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari yordamida tashxis va davolash tadbirlarini sifatli bajarmoqda. Klinikada joriy yildan qon tarkibidagi biokimyoviy va IFA garmonlarini tekshirish laboratoriyasi xizmati yoʻlga qoʻyilgani aholiga yanada keng qulayliklar yaratdi.

Siroj Aslonov (surat), OʻzA
988