O‘zA O`zbek

10.12.2019 Chop etish versiyasi

Agar uyingizda kitob uchun javon bo‘lmasa...

Agar uyingizda kitob uchun javon bo‘lmasa...

“Agar uyingizda kitob uchun javon bo‘lmasa, siz bilan suhbatlashish befoyda va men buni rad etaman” 
Terri Pratchet

Bugun zamonaviy ko‘rinishga ega kutubxonasi yoki kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan kitob do‘koni bo‘lmagan tumanning yoshlari ko‘p narsani yo‘qotadi. Albatta internet mavjud zamonda kitobga qanchalik ehtiyoj bor deyishingiz mumkin, kitobni qadrini bilgan, uni varaqlab o‘qishdan huzurlanadigan avlod bor ekan ezguliklar yo‘qolib ketmaydi. 

Farg‘ona viloyatining Vodil qishlog‘ida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tomonidan navbatdagi “Iste’molchi kutubxonasi” va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ma’muriy binosini o‘zida mujassam etgan yaxlit “Iste’molchilar uyi” qurib bitkazildi.

– Qishlog‘imizda shunday ajoyib kutubxona ochilganidan juda ham xursandmiz, – deydi maktab o‘quvchisi Ominaxon Ahtamjonova.

“Iste’molchilar uyi“ning tantanali ochilish marosimida Federatsiya raisi J.Sarimsoqov hamda Farg‘ona tuman hokimi I.Nosirov ishtirok etdi.

“Iste’molchi kutubxonasi” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste’molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan gazeta-jurnallar bilan ta’minlangan.

1 431
O‘zA