Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

30.08.2018 13:03 Chop etish versiyasi

“Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi Shahrisabzda

“Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi Shahrisabzda

Qashqadaryoning Shahrisabz shahrigacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” eletropoyezdining qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Soʻnggi vaqtlarda mamlakatimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarning zamirida, avvalo, inson manfaati, ular hayotini yaxshilash maqsadi turibdi. Yurtimiz turistik salohiyatini yanada yuksaltirish, sayohlikni rivojlantirish borasida ham bir qancha saʼy-harakatlar amalga oshirildi. Jumladan, elektron viza olish tartibi joriy etildi, xalqaro andozalarga javob beradigan yangi mehmonxonalar barpo etilmoqda. Yuqori darajadagi servis xizmatlari, transport kommunikatsiyasi shakllantirildi. Xususan, Buxoro, Samarqand hamda Qarshi yurtimizning qadimiy va goʻzal shaharlariga yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” eletropoyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Xivada esa milliy uslubdagi muhtasham vokzal binosi qurildi.

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan Qashqadaryoning Shahrisabz shahrigacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” eletropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilishi voha aholisining cheksiz quvonchiga sabab boʻldi.

photo5204275275326663304.jpg

photo5204275275326663305.jpg

photo5204275275326663307.jpg

photo5204275275326663308.jpg

photo5204275275326663309.jpg

photo5204275275326663310.jpg

photo5204275275326663312.jpg

photo5204275275326663302.jpg

I.Axatova, OʻzA
2 447