O‘zA O`zbek

24.08.2018 13:29 Chop etish versiyasi

“Afrosiyob”chiptalari 50 foizga arzonlashdi

“Afrosiyob”chiptalari 50 foizga arzonlashdi
Mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poezdlar, shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poezdlari chiptalarida 50 foizli chegirma joriy qilindi.

Davlatimiz rahbarining “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini taʻminlash maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yurtimiz Mustaqilligining 27 yilligini nishonlash kunlarida yoʻlovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratildi.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmatining maʻlumotlariga koʻra, fuqarolarning toʻlaqonli dam olishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yil 31-avgustdan 4-sentyabrgacha boʻlgan kunlarida mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poezdlarda, shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poezdlarida ham, oilaviy, jamoa, talabalar, oʻquvchilar hamda nafaqadagilar uchun yoʻl chiptalariga 50 foizli chegirma joriy qilindi.

Qoʻshimcha maʻlumotlarni joylardagi temir yoʻl kassalari va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning rasmiy uzrailpass.uz va railway.uz saytlaridan bilib olishingiz mumkin.

OʻzA
2 742