O‘zA O`zbek

13.06.2019 09:03 Chop etish versiyasi

Afrika Ittifoqi Sudanni tashkilotning barcha yigʻilishlaridan chetlatdi

Afrika Ittifoqi Sudanni tashkilotning barcha yigʻilishlaridan chetlatdi

Afrika Ittifoqi Sudanni tashkilotning barcha yigʻilishlari, jumladan, yaqinda boʻluvchi energetika boʻyicha vazirlar darajasidagi yigʻilishdan chetlatdi.

“Al Jazeera” xabarida aytilishicha, Afrika Ittifoqi shu tariqa Sudanni tashkilot aʼzoligidan chiqarish boʻyicha 6-iyundagi qarorini amalga oshirdi.

Maʼlumot uchun, Efiopiya vositachiligida Sudandagi ixtilofli tomonlar muzokara oʻtkazishga, harbiy kengash esa hibsga olingan siyosiy mahbuslarni ozod qilishga rozi boʻlgan.

OʻzA
389