Shu yilning 20-avgustida “AIR da tinchlik oʻrnatish jarayonida Markaziy va Janubiy Osiyo hamkorligi” mavzusidagi onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalaro tadqiqot instituti tomonidan Pokiston Yevroosiyo asri instituti bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu tadbirda ikkala mamlakatning “aql markaz”lari va tadqiqot tuzilmalarining rahbarlari va yetakchi ekspertlari ishtirok etdi.

Muhokamaning asosiy mavzusini Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining AIR da tinch yashash va iqtisodiy tiklanish jarayonlaridagi roli va saʼy-harakatlari, shuningdek transmintaqaviy hamkorlik istiqbollari tashkil etdi.

photo_2020-08-22_23-09-22.jpgTadbirda soʻzga chiqqan Strategik va mintaqalaro tadqiqot instituti direktorining birinchi oʻrinbosari Akromjon Neʼmatov shuni qayd etdiki, Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanish, transchegraviy hamkorlikning ulkan salohiyatini toʻliq hajmda amalga oshirilishida strategik ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan, Afgʻonistondagi koʻp yillik mojaroning salbiy oqibatlarini oʻz boshidan oʻtkazayotgan Markaziy va Janubiy Osiy mamlakatlari afgʻon xalqini tinchlik va farovonlikka intilishini qoʻllab quvvatlash maqsadida kuchlarini birlashtirishni davom ettirishi zarur.

Ayni paytda, A.Neʼmatovning fikricha, Afgʻonistonda barqaror rivojlanishga erishish jarayonida keng qamrovli va uzoq muddatli Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini mustahkamlash muhim rol oʻynashi mumkin.

Afgʻonistondagi tinchlik butun Yevroosiyo hududini yana-da rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi, Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda ijobiy turtki boʻladi.

Ekspertning fikricha, keyingi yillarda Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning yuqori surʼati mintaqalararo oʻzaro bogʻliqlikning katta salohiyatidan dalolat beradi. Jumladan, 2016-yildan boshlab, mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 5 baravar oʻsgan, Pokistondan Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar soni 12 baravar koʻpaygan, faqat soʻnggi 2 yil davomida Oʻzbekistonda Pokiston sarmoyasi bor korxonalar soni qariyib 2 baravar – 68 tadan 109 tagacha, Oʻzbekiston hudud boʻylab Pokiston yuklarining tranziti 5 baravar oshgan.

A.Neʼmatov shuni taʼkidladiki, asosiy eʼtiborni Afgʻoniston hududida infratuzilmaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va transport-logistikaga oid umumiy xatti-harakatlarni amalga oshirishga yoʻnaltirish kerak, zero bu ushbu mamlakatning uzoq muddatli barqarorligiga va rivojlanishiga, Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasida mintaqalararo aloqalarni oʻrnatishga koʻmaklashadi.

Afgʻonistonning tinch iqtisodiyotiga salmoqli hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan asosiy loyihalar orasida Mozori-Sharif–Qobul–Peshavor temir yoʻli, Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish tarmogʻining qurilishi, shuningdek, ularning mahsulotlari Afgʻonistonga hamda boshqa Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlariga chiqarilishi mumkin boʻlgan “Termiz” va “Boysun-Farm” erkin iqtisodiy zonalar hududida qoʻshma korxonalarning tashkil qilinishi koʻzda tutilga.

photo_2020-08-22_23-09-24.jpg

Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha jiddiy xatti-harakatlarini qoʻllab-quvvatlar ekan, Yevroosiyo asri instituti prezidenti Shahzod Takalviy shuni alohida taʼkidladiki, Pokistonda Prezident Sh.Mirziyoyevning Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchilikka erishish boʻyicha tashqi siyosiy tashabbuslari yuqori baholanmoqda.

Jumladan, pokistonlik ekspertning fikricha, Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusiga koʻra tashkil qilingan Afgʻoniston boʻyicha Toshkent konferensiyasi va uning natijalari boʻyicha qabul qilingan deklaratsiya xalqaro hamjamiyatning afgʻon inqirozini hal qilish boʻyicha saʼy-harakatlarida yangi sahifa boʻlib, shuningdek afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini tashkil qilishda hozirgi amaliy natijalarga erishishga yoʻl ochib berdi.

Irfon Takalviy soʻzlariga koʻra, Pokiston va Oʻzbekiston – bu Afgʻonistondagi urush toʻliq toʻxtashi, barqarorlik va tinchlik oʻrnatilishi uchun salmoqli sayʼ-harakatlarni amalga oshirayotgan ikki mamlakatdir. Tinch va farovon Afgʻoniston keng qamrovli, koʻp tomonlama transmintaqaviy hamkorlikka yoʻl ochib beradi, Janubiy va Markaziy Osiyo oʻrtasida “mintaqaviy koʻprik” boʻlib xizmat qiladi. Afgʻonistonda tinchlik qaror topishi bilan, deb taʼkidladi Ifron Takalviy, butun mintaqa savdo aloqalari kengaytirilishi neʼmatlaridan, odamlararo muloqotdan, sarmoya kirib kelishi samaralaridan bahramand boʻladi. Oqibatda mintaqa ham Osiyo, ham umuman Yevroosiyo uchun rivojlanish lokomativiga aylanadi.

photo_2020-08-22_23-09-25.jpgXalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markaz boʻlimining rahbari M.Husnitdinova konferensiya ishtirokchilari eʼtiborini shunga qaratdiki, Oʻzbekiston tomoni, murakkab epidemiologik vaziyatga qaramay, mintaqa va Yevroosiyo mamlakatlarining mintaqaviy savdo va transport-logistika aloqalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha umumiy xatti-harakatlari tarafdoridir.

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi chegara shu yili barcha transport tashuvlari uchun ochiq boʻldi. Shu tufayli oʻzaro savdoning ijobiy dinamikasi saqlangan, shuningdek Afgʻonistonga yetkazib beriladigan oʻta zarur tovarlar nomenklaturasi kengaydi. Jumladan, 2020-yilning birinchi yarmida Afgʻoniston bilan tovar aylanmasi darajasi 24% ga oʻsdi, va 332,9 mln. doll.ni tashkil etdi.

Temir yoʻlda yuk tashish 50,7% ga koʻpayib, 2,20 mln. tonnani tashkil etdi. Bu mazkur qoʻshni davlatning normal hayotini taʼminlashda muhim omil boʻldi. Pokiston tomonidan Afgʻoniston uchun tranzitning muvaffaqiyatli tiklanishi shunga umid qilish imkonini beradiki, Oʻzbekiston va Pokiston Afgʻoniston hududi orqali savdo rivojlanishi va yuklar tranzitini jonlantirishi mumkin boʻladi.

Ekspert taʼkidlaganidek, bu bizning ikki tomonlama hamkorligimizni rivojlantirishga, Afgʻonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga yana-da samarali jalb qilinishiga, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida oʻzaro keng iqtisodiy hamkorlikni jonlantirishga xizmat qiladi.

photo_2020-08-22_23-09-25 (2).jpg

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi hamkorlikni har tomonlama chuqurlashtirishni yoqlab chiqar ekan, Pokiston global va strategik tadqiqotlar markazi Maslahatchilar kengashining aʼzosi Said Nazir Moxmand shuni qayd etdiki, Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashda Termiz shahri muhim oʻrin egallaydi.

Termizning rivojlangan transport-logistik va savdo-iqtisodiy infratuzilmasi, shuningdek uning qulay geografik joylashuvi ushbu shaharning Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi istiqbolli koʻprik sifatidagi ahamiyatini belgilab berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Termiz nafaqat oʻzbekistonlik tadbirkorlar, balki Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston biznesmenlari uchun Afgʻoniston va Janubiy Osiyoga darovoza boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga koʻmaklashishda Pokiston va Oʻzbekistonning “ishonchli hamkorlar” sifatida sayʼ-harakatlarini birlashtirishning ahamiyatini taniqli pokistonlik jurnalist, VVS sharhlovchisi Taxir Xan ham taʼkidladi. Uning aytishicha, Islomobod va Toshkentni Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish, shuningdek mintaqada oʻzaro hamkorlik vositasida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha umumiy maqsadlar birlashtiradi. Pokiston va Oʻzbekiston Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni nuqtayi nazaridan bir tomonma turadi. Ham Toshkent, ham Islomobodning fikricha, afgʻon mojarosini harbiy yoʻl bilan hal qilib boʻlmaydi, afgʻonlararo yarashuv jarayoni esa tashqi aralashuvlarsiz yoki bosimsiz sodir boʻlishi kerak. 

photo_2020-08-22_23-09-26.jpgMuxammad Taxir Xan soʻzlariga koʻra, bunda afgʻonlararo muloqot ishtirokchilarining aksariyati orasida ushbu mamlakatlarning obroʻsi katta.

Umuman olganda, ekspertlar shu fikrga keldiki, xalqaro hamjamiyat va mintaqa davlatlarining xatti-harakatlarini birlashtirish Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini ilgari surishda asosiy omil hisoblanadi. Ayni paytda Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishida koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligi muhim rol oʻynashi mumkin. Shu nuqtayi nazardan konferensiya ishtirokchilari Afgʻonistonda uzoq muddatli barqarorlikka v farvonlikka erishishda, ushbu mamlakatni Janubiy va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi “yer usti” koʻprigiga aylantirishda oʻzaro sayʼ-harakatlarni birlashtirish zarurligii taʼkidladi.

Boʻlib oʻtgan anjuman Pokistonning yetakch OAV da keng ijobiy fikrlarni uygʻotdi. Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha navbatdagi Oʻzbekiston-Pokiston konferensiyasining oʻtkazilishini sharhlar ekan, Pokistonning yetaksi “Islamabad Post” nashri shuni taʼkidlaydiki, ijobiy mintaqaviy yondashuv, va xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda umumiy xatti-harakatlar Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish yoʻlida saqlab kelayotgan qator masalalar va toʻsiqlarga eng yaxshi javob boʻladi.

Ayni paytda “Diplomatic News Agency” sharhlovchilari shuni taʼkidlaydiki, Oʻzbekistonning mintaqa bilan avtomobil va temir yoʻl aloqalarini mustahkamlash boʻyicha tashabbuslari, energiya taʼminoti loyihalarining ilgari surilishi, gumanitar yordam koʻrsatilishi va Afgʻonistondagi rivojlanishga koʻmaklashish qoʻshni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga xizmat qilishi bilan birga, transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirishga ham koʻmaklashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalasiga doir navbatdagi onlayn muloqot oʻtkazildi