Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.08.2017 18:37 Chop etish versiyasi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashining IX plenumi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari viloyat Kengashiga partiyadan saylangan deputatlar, partiyaning tuman va shahar kengashlari raislari, “Yosh adolatchilar”, “Ayollar qanoti” faollari ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan partiya viloyat kengashining joriy yil ikkinchi yarmi uchun chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Partiya faoliyatining barcha yo‘nalishlari tanqidiy tahlil qilindi. Prezidentimiz ma’ruzasidan kelib chiqib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.

– Partiya viloyat kengashi tomonidan chora-tadbirlar dasturi hamda Prezidentimiz ma’ruzasida belgilangan vazifalar asosida reja ishlab chiqildi, – deydi xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Z.Eralieva. – Dastur 8 bo‘limdan iborat bo‘lib, partiya faoliyatini tubdan o‘zgartirish, tashabbuskorlikni kuchaytirish, davlat boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalari bilan ishlash, ular faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash va deputatlik guruhlari faoliyatini tanqidiy-tahliliy qayta ko‘rish kabi masalalar qamrab olingan.

Plenumda partiya viloyat kengashi raisi sust ishlayotgan tuman va shahar kengashlari faoliyatini tanqid qildi. Mahalliy kengashlarning ayrim deputatlari o‘z vakolatidan to‘liq foydalanmayotgani, xalqning ishonchli vakili, “deputat” degan nomga munosib ish ko‘rsatmayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda chora-tadbirlar dasturi yuzasidan fikr almashildi. Hududiy kengash raislari va barcha deputatlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatilib, ularni amalga oshirish muddatlari belgilab berildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 735






Все о погоде - Pogoda.uz