O‘zA O`zbek

13.11.2019 Chop etish versiyasi

“Adolat” SDP: Qonun barcha uchun barobar

“Adolat” SDP: Qonun barcha uchun barobar

Ijtimoiy tarmoqlarda “LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” mas’uliyati cheklangan jamiyati amaldori – bosh energetik Ivan Aleksandrovich Shilov Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP bu holat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 13-moddasidagi “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” degan me’yorga zid, deb hisoblaydi va shu sababli jamiyat rahbariyati hamda tegishli davlat organlaridan bu masalaga oydinlik kiritib, qonun ustuvorligini ta’minlashni so‘rab qoladi. 

Videotasvirdan yaqqol ko‘rish mumkinki, rahbar qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlab, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga hurmatsizlik bildirgan.

O‘zbekiston “Adolat” SDP videotasvirda gavdalangan holat yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borish, xizmat vakolati doirasidan chetga chiqqan mansabdor shaxsning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlik masalasini muhokama qilish, natijasi haqida ommaga xabar berish zarurligini qayd etadi va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi mas’ul davlat organlarining munosabatini so‘raydi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Matbuot xizmati

626
O‘zA