Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.11.2017 15:36 Chop etish versiyasi

“Adolat” bilimdoni” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Namanganda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Adolat” bilimdoni” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda 12 ishtirokchi o‘zining siyosiy faolligi, Konstitutsiyamiz va milliy qonunchiligimiz, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi dasturining maqsad-vazifalari haqidagi bilimini namoyish etdi.

– Yosh bilimdonlar bellashuvida korrupsiya va unga qarshi kurashish mavzusiga alohida e’tibor qaratilgani ularning jamiyatimiz kelajagiga befarq emasligini ko‘rsatdi, – deydi O‘zbekiston “Adolat” SDP Namangan viloyati kengashi raisi vazifasini bajaruvchi I.Jo‘rayev. – Unda partiyamizning mazkur muammoga munosabati ham o‘z aksini topdi.

Barcha shartlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan Chortoq tumani vakili M.Yo‘ldosheva tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Akramjon Sattorov, O‘zA
1 445






Все о погоде - Pogoda.uz