O‘zA O`zbek

19.09.2019 Chop etish versiyasi

Adliyavaziriga bir vaqtning oʻzida ikki oʻrinbosar tayinlandi

Adliyavaziriga bir vaqtning oʻzida ikki oʻrinbosar tayinlandi


1 (1).jpgHakimov Rahim Rasuljonovich Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining oʻrinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

R. Hakimov 1983-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2003-yilda Namangan davlat universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Yuridik fanlari doktori.

R. Hakimov oʻz mehnat faoliyatini 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Yigʻma axborot-tahlil guruhi yetakchi ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2017-yil dekabr oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori, 2018-yil iyul oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Rahim Hakimov oilali. 1 nafar oʻgʻil va qiz farzandi bor.


2.jpgAbdusattarov Toʻlqin Sayfullayevich Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining oʻrinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

T. Abdusattarov 1978-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U oʻz mehnat faoliyatini 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2019-yil mart oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Toʻlqin Abdusattarovoilali. 1 nafar oʻgʻil va qiz farzandi bor.

Adliya vazirligi jamoasi RahimRasuljonovich va Toʻlqin Sayfullayevichlarni ushbu masʼuliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.


Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi


2 934
O'zA