O‘zA O`zbek

17.10.2020 Chop etish versiyasi

Adliya vazirligi aralashuvi bilan tadbirkorga 247 milliard soʻm qoʻshimcha soliq solinmadi

Adliya vazirligi aralashuvi bilan tadbirkorga 247 milliard soʻm qoʻshimcha soliq solinmadi

Yurtimizda soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirildi.

Biroq, tadbirkorlardan asossiz soliq hisoblash holatlari uchrab turibdi. Bu tadbirkorlik subyektlarining Adliya vazirligiga yoʻllagan murojaatlarini oʻrganib chiqish davomida aniqlanmoqda.

Jumladan, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab etilmaydigan koʻchar mulklar toifasiga kiruvchi mol-mulklariga nisbatan asossiz qoʻshimcha mol-mulk soligʻi hisoblash haqidagi qaror qabul qilingan.

Natijada jamiyatga 2017-2019-yillar uchun jami 247,5 milliard soʻm miqdorida asossiz mol-mulk soligʻi hisoblangan.

Mazkur holat yuzasidan vazirlik tomonidan Davlat soliq qoʻmitasiga taqdimnoma kiritildi.

Davlat soliq qoʻmitasi ham qonunchilikni bir xilda qoʻllash va yagona amaliyot boʻlishidan manfaatdor ekanligini bayon etib, qoʻshimcha mol-mulk soligʻi hisoblash toʻgʻrisidagi ushbu asossiz qarorni darhol bekor qildi hamda aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishini taʼminladi.


1 395
OʻzA