O‘zA O`zbek

20.08.2019 Chop etish versiyasi

Adliya murojaatidan so‘ng

Adliya murojaatidan so‘ng

Yoxud asrab qolingan Buyuk Xitoy devoriga o‘xshash Kampirdevor

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 iyul kuni saytimiz orqali orqali yoritilgan “Buyuk Xitoy devoriga tenglashtirilgan O‘zbekistondagi yodgorlik bugun axlat uyumlari bilan “o‘rab olingan” tanqidiy maqola ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat hokimi K.Tursunov tomonidan viloyatda mavjud madaniy yodgorliklar muhofazasi va holati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Kampirdevor yodgorligi misolida hududda mavjud boshqa tarixiy yorgorliklar holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.

photo5395696027769613328.jpg

Aynan O‘zbekiston tarixi uchun ahamiyati ulkan “Kampirdevor” tarixiy yodgorlik xarobalari atrofini obodonlashtirish, qal’a devorlarini muhofazaga qilish, madaniy yodgorlikni davlat reestriga olish hamda viloyat turizm marshrutiga kiritish bo‘yicha Qiziltepa tuman hokimligiga topshiriq berilgan edi.

Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, ushbu madaniy yodgorlik atrofida tozalik, obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Tuman hokimining 2019 yil 26 yanvardagi qaroriga asosan 6.8 km masofa doirasida kadastr hujjatlari tayyorlangan hamda muhofaza belgilari o‘rnatilgan. 

photo5395696027769613329.jpg

Quvonarli tomoni, mazkur jamoatchilik guruhi say-harakatlari natijasida yurtimizda yana bitta madaniy yodgorlik asrab qolindi. 

Shunday ekan, O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash har bir fuqaroning burchi ekanligini teran anglasak, madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi o‘z yo‘lida, ammo biz kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizni vijdonan his etsakkina buyuk tariximizni saqlay olamiz.

photo5395696027769613331.jpg

Aslida, tarixiy yodgorliklarni faqatgina davlatning emas, balki fuqarolarning ham g‘amxo‘rligi bilan avaylab asrash uchun yeng shimargan “Madaniy meros davlat himoyasida” jamoatchilik guruhining asl maqsadi ham ana shu.

496
O‘zA