O‘zA O`zbek

28.03.2019 Chop etish versiyasi

Adliya bo‘limlariga xizmat mashinalari berildi

Adliya bo‘limlariga xizmat mashinalari berildi

Samarqand viloyatining Narpay, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Ishtixon va Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limlariga vazirlik tomonidan xizmat avtomashinalari topshirildi.

Bu haqda viloyat adliya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

photo5254008484058475094.jpg

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriev bo‘lim boshliqlariga mashina kalitlarini topshirar ekan, joylarda aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning huquqiy madaniyatini oshirishda adliya bo‘limlari oldida turgan vazifalarga e’tibor qaratdi. Ushbu avtomashinalar xalqimizga, ayniqsa, chekka qishloqlar aholisiga huquqiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

894
O‘zA