O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Adiblar xiyobonida ochiq dars va ilmiy uchrashuv boʻlib

Adiblar xiyobonida ochiq dars va ilmiy uchrashuv boʻlib

Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilaridan iborat jamoa tomonidan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Abdulla Avloniy shaxsiga bagʻishlangan ochiq dars va ilmiy uchrashuv tashkillashtirildi.

Ochiq dars xiyobonda qad rostlagan muazzam shaxs — Abdulla Avloniy haykali qarshisida olib borildi. Unda yurtimizning madaniyat va maorif xizmati xodimlari, taniqli shaxslar, pedagoglar qatnashdilar.

Bu ochiq darsda Avloniy shaxsini oʻrganishga oid eng yaxshi gʻoyalar, takliflar, tashabbuslar va fikrlar bildirildi.

Shu jumladan, TDPU rektori Alisher Umarov universitet 2-kursida tahsil olib kelayotgan 2500 nafar talaba oʻz kurs ishlarini Abdulla Avloniy shaxsini oʻrganish asosida yaratishlarini, 6500 nafar kunduzgi shaklda tahsil oluvchi talabalar va yurtimizning boshqa OTM talabalari oʻrtasida respublika miqyosida esse, insholar tanlovlari oʻtkazilishini va 2023-yilgacha Avloniy shaxsiga bagʻishlangan konferensiyalar, ilmiy uchrashuvlar muntazam tashkil etilishini, Avloniy ijod maktabi, Avloniy toʻplami yaratilishini va boshqa koʻplab rejalarni taʼkidlab oʻtdi.

Tarbiya, bilim, xulq, madaniyat, vijdon kabi tushunchalar ustida ulkan ijodiy boyliklarni yaratgan Avloniy shaxsi va ijodiy qarashlari pedagogika taʼlimi sohasi uchun yoʻlchi yulduz vazifasini oʻtaydi.

8 844
OʻzA