O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

Abu Ali ibn Sino olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

Abu Ali ibn Sino olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

Joriy yil 21-22 oktabr kunlari Jizzax shahrida umumta’lim maktabi va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida biologiya fanidan Abu Ali ibn Sino olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 

Olimpiada yakunlariga ko‘ra barcha o‘rinlarni akademik litsey o‘quvchilari egallashdi. Jumladan, Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyi o‘quvchisi Ravshanbek Karimov 1-o‘rinni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi Saida Valijonova 2-o‘rinni va Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi o‘quvchisi Sardor Tojiboev 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Abu Ali ibn Sino olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi: 

1-o‘rin g‘olibiga – 22 300 000 so‘m;
2-o‘rin g‘olibiga – 14 495 000 so‘m;
3-o‘rin g‘olibiga – 11 150 000 so‘m. 

Shuningdek, mazkur olimpiadada o‘quvchisi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar ham pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

702
O‘zA