O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 112 yilligi munosabati bilan adib uy-muzeyida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 112 yilligi munosabati bilan adib uy-muzeyida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ziyolilar, yozuvchi-shoirlar, talaba-yoshlar va adibning yaqin insonlari ishtirok etdi.

Adib uy-muzeyida innovatsion “SMART”–texnologiyasi o‘rnatilgan (ushbu texnologiya 5 ta til – ingliz, rus, fransuz, yapon tillarida muzey eksponatlari haqida ma’lumot beradi). Memorial muzeydagi aynan yozuvchi hayotidan so‘zlovchi turli eksponatlar, esdalik suratlar, nodir kitoblar, qo‘lyozmalar, liboslar, u surgan shaxmat donalari, kiygan liboslari va yaqinlari hadya qilgan esdalik sovg‘alari saqlangan burchaklar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Otam – Yunus Rajabiy bilan Abdulla Qahhor ishtirokidagi yig‘inlarni yaxshi eslayman, otam jo‘shib kuylasa, Abdulla Qahhor har bir so‘zning asl ma’nosini chaqib, yig‘ilganlarga yetkazib turar edi, – dedi O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy. – Mahallamiz bir, uyimiz yaqin bo‘lgani uchun otam tez-tez Abdulla Qahhor bilan suhbatlashgani kelib turar, bir piyola choy ustida musiqa va adabiyotning ajralmas san’at turi ekanligi, so‘z latofati va ohang sehri haqida keng mushohadalar yuritilardi. Ushbu uy-muzey men uchun juda qadrli, bu yerga har gal kelganimda meni ulug‘ hislar cho‘lg‘ab oladi, xuddi, so‘rida otam va Abdulla aka suhbat qurib turgandek tuyuladi.

–Abdulla Qahhor asarlari qariyb 20 ta tilga tarjima qilingan, – dedi uy-muzey ilmiy xodimi Murodjon Norqobilov. – Biz adibning matbuotda e’lon qilingan ijodiy ishlarini va hayotidan so‘zlovchi har bir ma’lumotni yig‘ib uy-muzeyga joylashtiramiz. Bundan tashqari, har yili adib hayoti va ijodidan qilingan ilmiy ishlar, yangi ko‘rsatuv va lavhalar ham maskanning yanada salohiyati oshishiga xizmat qilmoqda.

Adibning yorqin xotiralari, boy ma’naviy merosi saqlangan uy-muzey bugun fayzga to‘ldi. Talabalar o‘rtasida Abdulla Qahhor asarlari yuzasidan savol-javoblar uyushtirildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Muqaddas xonadon ayvonida yozilgan dasturxon atrofida adib bilan bog‘liq iliq xotiralar esga olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Qahhor uy-muzeyi: milliylikdan zamonaviylik sari