O‘zA O`zbek

Jamiyat

Kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari

06.03.08 16:54

Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida yuksak intellektual salohiyatli, mamlakatimizni isloh etish va yangilash bo’yicha belgilab olingan yuksak maqsadlarimizga erishish yo’lida tom ma’noda hal qiluvchi kuch va tayanch bo’lishga qodir kadrlarni tayyorlash bugunning dolzarb vazifasi ekaniga alohida e’tibor qaratildi.

Bilimdon iste’molchilar

06.03.08 8:56

“Eng iqtidorli yosh iste’molchi-2008” respublika ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tumanlardagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridan iborat 30 nafar yosh iste’molchi ishtirok etdi.

Sud-huquq tizimidagi islohotlar samarasi

05.03.08 21:48

Toshkentda O‘zbekistonda o‘lim jazosining bekor qilinishi va qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi – sud-huquq tizimi erkinlashuvining muhim bosqichi mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi. Ikki kun davom etadigan ushbu anjuman Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi tomonidan AQSHning Yangi demokratiyalar instituti hamda Sharqiy Kentukki universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

“Ekosan”ning navbatdagi tadbiri

05.03.08 19:29

Toshkent Davlat sirkida “Biz – Orol bolalariga” deb nomlangan xayriya ekofestivali bo‘lib o‘tdi. “Ekosan” ekologiya va salomatlik xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ushbu festivalda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.

Ayollar manfaatlarini ko‘zlab

05.03.08 16:14

Xorazm viloyatida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda samarali mehnat qilishi, bilim va mahoratini oshirishi, ishbilarmonlik salohiyatini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotir. Davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ayollar sog‘lig‘i – doimiy e’tiborda

05.03.08 16:12

Bugungi kunda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida 32 mingdan ortiq xotin-qiz ishlaydi. Aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda ularning xizmati katta.

Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi

05.03.08 9:06

Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti 2004 yilda Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti va Olmaota texnologiya universiteti (Qozog‘iston) bilan birga xalqaro “Tempus” dasturi tanlovida konsorsium maqomida qatnashib, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro magistrlik dasturini joriy etish va shu orqali malakali kadrlar tayyorlash loyihasi uchun 463 ming yevro miqdoridagi grantga sazovor bo‘lgan edi.

Mahalla ayollari uchun imkoniyatlar

05.03.08 9:04

Qarshi shahridagi Qarliqbog‘ot mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Gulchehra Primqulova saxovatli tadbirkor, ko‘pchilikning boshini qovushtiradigan yetakchi sifatida mahalladoshlari hurmatini qozongan.

Xonadonimiz chirog‘i, hayotimiz guli

04.03.08 15:37

Har bir jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda xotin-qizlarning tengligi, erkinligini tom ma’noda ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki ayollarning hurmatini joyiga qo‘yish, ardoqlash, og‘irini yengil qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumlarimizdan.

Farg‘ona viloyatida mart – obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyi

04.03.08 9:02

Farg‘ona viloyatida mart obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyi deb e’lon qilindi. Viloyatda Xalqaro xotin-qizlar kuni – 8 mart bayrami hamda Navro‘z ayyomiga puxta taraddud ko‘rilayotir. Obodonlashtirish ishlarida kattayu kichik faol qatnashmoqda. Xususan, Farg‘ona shahrida ellik gektar maydondagi maysazor va gulzorlar tozalandi.

Yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan samarali chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

03.03.08 15:20

Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar tufayli mamlakatimizda bunday xastaliklar va ular bilan bog‘liq noxush holatlar tobora kamaymoqda. Navoiylik tibbiyotchilar hamda sanitariya-epidemiologiya markazi mutaxassislari sa’y-harakati bilan yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan samarali chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

4 mart – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun

03.03.08 15:19

Prezidentimiz Islom Karimovning 1993 yil 4 martda qabul qilingan farmoniga muvofiq ta’sis etilgan mustaqil Vatanimizning ilk ordeni – “Sog‘lom avlod uchun” deb nomlanishi sog‘lom avlod tarbiyasiga nechog‘li ulkan e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

Bolgariya milliy bayramiga bag‘ishlandi

29.02.08 20:30

Toshkentda Bolgariya milliy bayramiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Bolgariyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Stoyana Rusinova ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanayotganini, bunda davlat rahbarlarining uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.