Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jamiyat

Milliy o‘yinchoqlar tanlovi

22.04.10 19:07

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bolalarning tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan milliy o‘yinchoqlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ona va bola salomatligi doimiy e’tiborda

22.04.10 16:23

Poytaxtimizda ona va bola salomatligini asrash, oilada sog‘lom farzand tug‘ilishi va kamolga yetishini ta’minlashda skrining xizmatining o‘rniga bag‘ishlangan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz shifokorlari bilan bir qatorda Rossiya va Finlyandiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi.

Qishloqda zamonaviy tibbiy xizmat

22.04.10 15:06

Aholi salomatligini muhofaza qilish mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash borasidagi izchil ishlarning muhim yo‘nalishini tashkil etadi. Orolbo‘yi mintaqasida tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shifokorlar malakasini oshirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash, onalar va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar ham ayni shu maqsadga qaratilgan.

Andijonda yoshlar anjumani

22.04.10 9:50

Yoshlarimizning salohiyat va intilishlarini, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi”, “Mehr nuri” jamg‘armalari, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

G‘oliblar aniqlandi

21.04.10 20:23

Mamlakatimizda shaxs va oilaning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyati hamda ongini oshirish demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida muhim vazifalardan etib belgilangan.

Ekologiya va salomatlik

21.04.10 16:50

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi tibbiyot kollejida «Ekologik holatni barqarorlashtirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilashda qishloq vrachlik punktlarining o‘rni» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar – taraqqiyotni belgilovchi kuch

21.04.10 15:27

Mamlakatimizda davom etayotgan “Biz – bir jamoamiz!” yoshlar aksiyasining Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan tadbirlarida bu yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Ayol va ma’naviyat

21.04.10 14:23

Jizzax politexnika institutida ana shu mavzuga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda turli oliy o‘quv yurtlarning professor va o‘qituvchilari, xotin-qizlar qo‘mitalarining vakillari ishtirok etdi.

Salomatlik poyezdi yo‘lga tushdi

20.04.10 20:01

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan “Salomatlik poyezdi” Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.

Zaminimiz musaffoligi yo‘lida

20.04.10 18:35

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, turli antropogen va tabiiy omillar ta’sirida sayyoramizda har yili foydalanishga yaroqli olti million gektar maydon sahroga aylanmoqda.

Keksalari ardoqlangan yurtdan baraka arimaydi

20.04.10 16:07

Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 24 martda qabul qilingan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 65 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash to‘g‘risida“gi farmoni yoshi ulug‘ yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Huquq bilimdonlari bellashuvi

20.04.10 9:26

Samarqandda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Huquq bilimdonlari» ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichida mazkur viloyatning «Adolat», Jizzax viloyatining «Yuristlar» va Sirdaryo viloyatining «Yosh huquqshunoslar» jamoalari o‘zaro bellashdi.

Ko‘chma muzey – o‘quvchilar huzurida

19.04.10 16:58

Muzeylar yoshlar o‘rtasida madaniy merosimizni targ‘ib qilishga, ularning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Orolbo‘yida “Ko‘chma muzey” ko‘rgazmasi ayni shu maqsadda tashkil etildi.

Yosh jurnalistlar o‘quvi yakunlandi

19.04.10 16:38

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan “Respublika hududiy bosma ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan yosh jurnalistlarning markaziy nashrlarda malaka oshirishi” loyihasi yakunlandi.

Uyushma faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma

16.04.10 19:42

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston rassomlari, san’atshunoslari va xalq ustalari “IJOD” uyushmasi ijodkorlarining asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ma’naviy kamolot yo‘lida

16.04.10 17:05

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mualliflik huquqi doimiy himoyada

16.04.10 11:15

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 27-moddasida qayd etilganidek, har bir inson o‘zi mualliflik qilgan ilmiy, adabiy yoxud badiiy asarlarning natijasida kelib chiqadigan ma’naviy va moddiy manfaatlarni himoya qilish huquqiga ega.

Stomatologiya istiqbollari

15.04.10 16:40

Toshkentda mamlakatimiz stomatologlarining anjumani boshlandi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika stomatologlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston singari mamlakatlardan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.