Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jamiyat

Ilmiy izlanishlar samarasi

30.04.10 15:30

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlarga oid qarori ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng va izchil joriy etishda muhim omil bo’lmoqda.

Shukronalik – ulug’ saodat

30.04.10 14:12

Surxondaryo viloyatida bugungi kunda 660 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Tabarruk otaxon va onaxonlarni e’zozlash, moddiy-ma’naviy qo’llab-quvvatlash, bayram sanalarida sovg’a-salomlar bilan yo’qlash – savobli ish.

Xalqimiz kelajagiga daxldor masala

30.04.10 14:10

Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “Hammamizga ayon bo’lishi tabiiyki, oila sog’lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustaham ekan – mamlakat barqarordir”, deya ta’kidlanadi.

Ogohlik – davr talabi

29.04.10 18:25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvarda qabul qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi illatlar va boshqa tahdidlardan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ona va bola sog‘lig‘ini saqlash

29.04.10 16:09

Bugungi kunda 470 mingga yaqin tug‘ish yoshidagi ayol va 455 mingdan ortiq bola yashayotgan Buxoro viloyatida 469 ta davolash-profilaktika muassasasi, shu jumladan 24 ta ko‘p tarmoqli poliklinika, 343 ta qishloq vrachlik punkti faoliyat yuritmoqda. Tibbiyot xodimlarining malakasi uzluksiz ravishda oshirib borilmoqda. Qishloq vrachlik punktlari suv, gaz va isitish qurilmalari bilan to‘liq ta’minlangan.

Tibbiy madaniyat – sog‘lom turmush omili

29.04.10 15:34

Tadqiqotlar butun dunyoda orttirilgan immunitet tanqisligi – OITS kasalligi infeksiyasini yuqtirgan kishilar soni va OIV virusining o‘sish darajasi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda ushbu kasallik tarqalishining oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng qamrovli tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.

Ekologiya mavzuida seminar

29.04.10 13:39

Nukusda “Orol dengizi ekologik fojiasi va uning bolalarga ta’siri” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

Inson xotirasi – muqaddas

28.04.10 19:51

Namangan shahri markazida Ikkinchi jahon urushi qurbonlariga bag‘ishlangan Xotira maydoni barpo etildi.

Qo‘qondi latifning chiroyiga-chiroy qo‘shilmoqda

28.04.10 19:50

Bugun yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik ishlari, keng qamrovli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Tobora chiroy ochib borayotgan shaharlar, yangicha qiyofaga kirayotgan obod qishloqlar ko‘paymoqda. Ko‘p ming yillik tarixga ega shaharlarimiz o‘zining asriy salohiyatini tiklab, milliy va zamonaviy me’morchilik an’analari asosida yanada ko‘rkam qiyofa kasb etayotir.

Izlanuvchan ijodkorlar tanlovi

28.04.10 19:40

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” V Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘ldi.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

28.04.10 18:42

Olmaliq shahrida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etgan fuqarolarning 830 nafari ishga kirish uchun yo‘llanma oldi.

Aholi salomatligi yo‘lida

27.04.10 19:40

Poytaxtimizda “Yevropa immunizatsiya haftaligi”da mamlakatimizning ishtirokiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Bibisora Hasanova – eng yaxshi pedagog

27.04.10 9:22

«Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi pedagogi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ajdodlar merosi – kelajak poydevori

26.04.10 16:08

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Xalq ta’limi vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi hamkorligida “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatildi

24.04.10 16:35

Qo‘ni-qo‘shni va do‘stlarga ko‘mak berish, hamdard bo‘lish xalqimizga xos olijanob fazilatlardan. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati jiddiy zarar ko‘rgan Qirg‘iziston Respublikasiga birinchilardan bo‘lib beg‘araz insonparvarlik yordami ko‘rsatdi.

Diplomatlarning madaniy festivali

24.04.10 14:32

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qabullar uyida 24 aprel kuni mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillarining madaniy an’analar va milliy taomlar festivali ochildi.

Shaharsozlik va ekologiya

24.04.10 9:21

Namangan davlat universitetida “O‘zbekiston shaharsozligida ekologik yondashuv: Namangan shahridagi obodonlashtirish ishlari misolida” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Qonun bilimdonlari

24.04.10 9:08

Yoshlar o‘rtasida huquqiy ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga keng tushuntirish, qonunga hurmat bilan qarash ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Ozarboyjon kinoustalari Samarqandda

23.04.10 14:48

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Ozarboyjon kinosi kunlari doirasida qardosh xalq kino ijodkorlari va mehmonlar Samarqand shahrida bo‘ldi.

Ilmiy-amaliy anjuman

23.04.10 12:06

Poytaxtimizda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini rivojlantirish hamda issiqxonalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.