Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jamiyat

Harbiy qismda tantanali marosim

18.09.17 19:31

Harbiy qismda tantanali marosim

Sharqiy harbiy okrugda joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy qism tashkil topgan kunga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘t zudlik bilan o‘chirildi

18.09.17 19:10

 O‘t zudlik bilan o‘chirildi

Toshkent shahridagi “Toshkent-Tola” yurtimizdagi mintaqaviy paxta terminallarining eng yirigi. 5-sonli paxta toylarini saqlash omborida elektr simining qisqa tutashuvidan yong‘in yuzaga keldi. Qo‘riqchilaridan biri tezda korxonadagi mavjud idoraviy yong‘in o‘chirish komandasiga xabar berdi. O‘tni o‘chirishga kirishildi.

Jizzaxda “Bolalar kitobi” III respublika festivali o‘tkazildi

18.09.17 18:36

Jizzaxda “Bolalar kitobi” III respublika festivali o‘tkazildi

Viloyat hokimligi, matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, madaniyat, xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning kitobga qiziqishini oshirish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tog‘ bag‘rida zamonaviy majmua

18.09.17 17:01

Tog‘ bag‘rida zamonaviy majmua

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Miroqi shaharchasida zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish majmuasi foydalanishga topshirildi.

Mukofot muborak, Huriniso momo

18.09.17 16:48

Mukofot muborak, Huriniso momo

Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida 100 yoshdan oshgan bir guruh yurtdoshlarimiz “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi 115 yoshli Huriniso momo Eshmurodova ham bor.

E’zoz-ehtirom og‘ushida

18.09.17 16:44

E’zoz-ehtirom og‘ushida

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilda 72 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi imtiyozli ravishda haj ziyoratini amalga oshirib qaytdi.

Profilaktika inspektorlari qasamyod qildi

18.09.17 14:48

Profilaktika inspektorlari qasamyod qildi

Termiz shahridagi Xotira maydonida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining o‘zlari xizmat qilayotgan hududda osoyishtalikni ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash uchun tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Ertaga – 19-sentabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18.09.17 12:17

Ertaga – 19-sentabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19-sentabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 13-15, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Bojxona xizmati vakillari bilan ochiq muloqot

16.09.17 18:50

Toshkent shahar bojxona boshqarmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soha vakillariga qulayliklar yaratish hamda ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Xavfli jinoyatchi fosh etildi

16.09.17 18:45

Toshkent shahrining bir nechta tumanlarida noma’lum shaxs yolg‘iz yashovchi keksa yoshdagi fuqarolar xonadonlariga kelib, o‘zini yangi ko‘chib kelgan kishi yoki lift ustasi sifatida tanishtirgan. Uning tuzog‘iga ilingan fuqarolar xonadonlaridan turli miqdordagi naqd pullar va moddiy qimmatliklarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Qadrdon universitetiga qaytdi

16.09.17 18:35

Atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov 1937-1941-yillarda Samarqandda O‘zbek davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil olgan. Talabaligidayoq universitet hayotida faol ishtirok etgan Sharof Rashidov filologiya fakulteti qoshidagi adabiy to‘garakning iste’dodli a’zolaridan biri bo‘lgan.


Yangiliklar :






Все о погоде - Pogoda.uz