O‘zA O`zbek

11.09.2018 16:27 Chop etish versiyasi

95 nafarning uchdan bir qismigina attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtdi

95 nafarning uchdan bir qismigina attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtdi
Tayyorgarlik koʻrish uchun oldindan savolnoma berilganiga qaramay, 31 ta xodim egallab turgan lavozimiga noloyiq, deb topildi.

Fuqarolarni koʻrsatilgan davlat xizmatlaridan rozi qilish, moddiy xarajatlarni kamaytirish — Davlat xizmatlari Agentligi oldida turgan asosiy vazifalardandir.

Adliya vazirining buyrugʻiga asosan mamlakatimiz boʻylab Davlat xizmatlari markazlari xodimlarining navbatdan tashqari attestatsiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning 5-8-sentyabr kunlari poytaxtimiz markazlarining xodimlari attestatsiyadan oʻtkazildi. Ularning markazlar faoliyatiga bevosita aloqador maʼmuriy qoidalar, meʼyoriy-huquqiy aktlarga oid bilimlari, xizmat oluvchilar bilan muomala qila olishlari sinaldi.Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganlar soni 95 nafar ishtirokchining bor-yoʻgʻi uchdan bir qismini tashkil etdi. 36 tasi — shartli loyiq deb topilib, olti oy muddatdan soʻng qayta imtihon topshiradi. Tayyorgarlik koʻrish uchun oldindan savolnoma berilganiga qaramay, 31 ta xodim egallab turgan lavozimiga noloyiq, deb topildi.

OʻzA
1 091