O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 09:27 Chop etish versiyasi

8 kilogrammdan ortiq narkotik modda topildi

8 kilogrammdan ortiq narkotik modda topildi

Inson salomatligi xavf tugʻdiruvchi, ogʻir jinoyatlarga olib boruvchi narkomaniya, ayniqsa uni tarqatuvchilarga qarshi kurashish davom etmoqda.

Ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan “Qoradori-2018” tadbirida tomorqasida giyohvandlik vositalari yetishtirayotgan, narkotik moddalar tayyorlayotgan holatlar aniqlanib, ularga chek qoʻyish choralari koʻrilayotir.

Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda “Qaynar” qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi I.E. ning xonadoni koʻzdan kechirilganda, uy tomida 7 kilogramm 627 gramm “marixuana” va 589 gramm “koʻknor” giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgani aniqlandi. “Zahri qotil“ daliliy ashyo sifatida olindi.

IIV matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

OʻzA