O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

8-iyul soat 17:30 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 10 982 nafarni tashkil etmoqda

8-iyul soat 17:30 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 10 982 nafarni tashkil etmoqda

8-iyul soat 17:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 982 (+144) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida (shundan 37 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 76 nafari aholi orasida), 9 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 22 nafari Samarqand viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun Navoiy viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 77 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda ayni paytgacha 6 888 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 052 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

1 682
OʻzA