O‘zA O`zbek

16.07.2020 Chop etish versiyasi

79 ming 238 nafar fuqaro karantin muddatini oʻtamoqda

79 ming 238 nafar fuqaro karantin muddatini oʻtamoqda

Biz pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga oʻrganishimiz shart. Bu murakkab sinov bizdan aql-idrok, sabr-toqat, metin intizom bilan birlashishimiz va jipslikda ish koʻrishimizni talab etayapti.

Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarovning maʼlum qilishicha, Respublika boʻyicha joriy etilgan 14 kunlik karantin rejimida jami 79 238 nafar fuqaro saqlanmoqda. Ularning soni statsionar sharoitda – 21 738 nafar (198 ta obyektda), uy sharoitida – 57 500 nafar (xonadonlar soni – 14128ta) ni tashkil qiladi.

Karantinga olingan 198 ta statsionar obyektning qoʻriqloviga Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va Milliy gvardiya shaxsiy tarkibidan jami 1 862 nafar, 14 128 ta uy xonadonlariga esa 5 880 nafar xodim jalb qilingan.

4 807 nafar Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi har kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun: joylardagi hokimlik va boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda biriktirilgan hududdagi vaziyatning tahlilini olib borish aniq maʼlumotlar asosida, Respublika maxsus komissiyasi bilan kelishilgan holda, karantin qoidalarini zarur boʻlgan joylarda kuchaytirish va mumkin boʻlgan joylarda yumshatish choralarini koʻrishga qaratilgan ishlar belgilab olingan.

778
OʻzA