O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

7 ming 500 mutaxassisdan 4 ming 700 nafari oliy maʼlumotli. Qolgani-chi?

7 ming 500 mutaxassisdan 4 ming 700 nafari oliy maʼlumotli. Qolgani-chi?

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi tizimida 7 ming 500 xodim faoliyat yuritadi. Ularning 4 ming 700 nafarini oliy maʼlumotli mutaxassislar tashkil etsa, 1 ming 300 dan ortiq shtat birligida oliy maʼlumotli kadrlar yetishmaydi.

Kadrlarning yosh tasnifiga koʻra, 60 yoshdan oshgan mutaxassislar soni 948 nafarni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abror Akbarov taʼkidlaganidek, bir yilda oʻrtacha 700 dan ortiq oliy maʼlumotli kadr tayyorlansa, sohani oliy maʼlumotli kadrlar bilan 9 yilda toʻliq taʼminlash mumkin boʻladi. 

1 512
Mohigul Qosimova, OʻzA