O‘zA O`zbek

24.08.2018 15:42 Chop etish versiyasi

699,219 soʻm issiqlik quvvati uchun hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi

699,219 soʻm issiqlik quvvati uchun hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi

2018-yil 9-avgust kuni Namangan shahar Sihatgoh mahallasi 5-uy 8-xonadonda yashovchi fuqaro Mastura Sherboyeva Oʻzbekiston isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” ishonch telefoniga Namangan viloyati “Issiqlik manbai” korxonasi tomonidan issiq suv hamda xonadonini isitish uchun issiqlik quvvati boʻyicha 944,288 soʻm asossiz qarz hisoblanganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Arizaga aniqlik kiritish maqsadida Namangan shahar isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda “Issiqlik manbai” korxonasi mutaxassislari fuqaroning xonadoniga borib ariza yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi. Arizachining xonadonida isitish uchun issiqlik quvvati quvurlari yaroqsiz holatda ekanligi uchun M.Sherboyevadan xonadonda avval yashagan xonadon sohibi tomonidan belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilmagan holda oʻzboshimchalik bilan kesib tashlanganligi va bu ishdan “Issiqlik manbai” korxonasining bexabarligi sababli M.Sherboyevaga nisbatan 944,288 soʻm qarz hisoblab qoʻyilganligi aniqlandi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha fuqaroning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib, oila kam taʻminlangan oila boʻlganligini hisobga olinib, M.Sherboyevaga “Issiqlik manbai” korxonasiga oldingi xonadon sohibini issiqlik tarmogʻi yuzasidan dalolatnoma tuzilmaganligi va bundan fuqaro M.Sherboyeva ham bexabar qolganligini inobatga olgan holda, 944,288 soʻm miqdoridagi qarzdorlik korxona tomonidan qayta hisob-kitob qilinib, 699,219 soʻm issiqlik quvvati uchun hisoblangan qarzdorlik bekor qilinib, faqatgina issiq suvdan boʻlgan 245,069 soʻm qarzdorlik hisoblab berildi.

OʻzA
1 418