O‘zA O`zbek

15.08.2018 13:26 Chop etish versiyasi

683 nafar fuqaro ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi (+foto)

683 nafar fuqaro ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi (+foto)

Buxoro viloyati Peshku tumanida viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan mintaqaviy mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

4.JPG

Unda 120 dan ziyod korxona, tashkilot va muassasa 1 ming 750 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Ish beruvchi tashkilot vakillari fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat qonunchiligi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

5.JPG

Yarmarkada 683 nafar ishtirokchi mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘z shaxsiy tomorqasida rasmiy band bo‘lish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy maslahat berildi.

6.JPG

T.Istatov (surat), O‘zA
2 420