O‘zA O`zbek

09.08.2018 12:38 Chop etish versiyasi

6 oyda Jizzaxda 1 ming 265 kichik korxona va firma tashkil etildi

6 oyda Jizzaxda 1 ming 265 kichik korxona va firma tashkil etildi

Jizzax viloyatida joriy yilning birinchi yarmida 1 ming 265 kichik korxona va firma tashkil etildi.

Zarbdor tumanining Oybek mahallasida tadbirkor Erkin Umrzoqov charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaradigan “Binokor – Me’mor” xususiy korxona faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan korxonada kuniga 50-60 juft, oyiga 1 ming 500 juftdan ortiq bolalar va kattalar poyabzali ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda bu yerda 6 kishi mehnat qilayotir.

– Ishchilar mahallamiz yoshlari, ularga andijonlik mohir usta-dizayner Boburjon Akbarov ustozlik qilmoqda, – deydi E.Umrzoqov. – Hozircha ichki bozor talabini hisobga olib ishlayapmiz. Kelgusida mahsulotni eksport qilishni ham rejalashtirganmiz.

Yangi tashkil etilgan shunday subyektlar hisobiga Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 ming 407 taga yoki 11,7 foizga ko‘payib, 13 ming 420 taga yetdi. Mavjud korxonalarning 15,3 foizi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotir.

T.Beknazarov, O‘zA
1 986