O‘zA O`zbek

29.07.2020 Chop etish versiyasi

6 ming 800 ga yaqin ehtiyojmand oila qoʻllab-quvvatlandi

6 ming 800 ga yaqin ehtiyojmand oila qoʻllab-quvvatlandi

Mamlakatimizda koronavirus ifeksiyasi yuqishi va tarqalishining oldini olish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ushbu kasallikning navbatdagi xuruji bois qaytadan kuchaytirilgan karantin sharoitida moliyaviy yordamga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, xususan boquvchisini yuqotgan, yolgʻiz qariyalar, nogironlar, vaqtincha ishsiz, daromadga ega boʻlmagan fuqarolar oilalarini oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va boshqa zarur buyumlar bilan taʼminlash maqsadida “Saxovat va koʻmak ”markazi va uning joylardagi boʻlinmalari faoliyati qayta tiklanib, samarali ish olib bormoqda.

– Yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, kam taʼminlangan, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida faoliyatini qayta boshlagan viloyat Homiylik hayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazining “CALL SENTER” markazi tomonidan belgilangan ishlar tizimli olib borilmoqda, – deydi Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Manzuraxon Yunusova. – Ayni kunda markaz tomonidan ehtiyojmand oilalarga zarur yordam koʻrsatilmoqda.

photo5265215861914972119.jpg

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida jamgʻarma qoshida murojaatlarni qabul qilish uchun 1197 qisqa raqamli, viloyat boʻyicha (74) 225 28 25, (74) 225 18 28, (99) 992 14 01, (97) 580 61 11 raqamli telefonlar ishga tushirildi. Markaz va uning tuman, shahar boʻlimlarida 300 nafardan ziyod koʻngilli yoshlar (volontyorlar) qoʻngʻiroqlarga javob berib, mahsulotlarni xonadonlarga yetkazib berish bilan shugʻullanmoqda.

Joriy yil 15-iyuldan shu kunga qadar “CALL SENTER”ga aholidan 1 ming 800 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarni imkon qadar ijobiy hal etish choralari koʻrilmoqda. Umuman, karantin tartibi joriy etilgan paytdan boshlab, viloyat Saxovat va koʻmak jamgʻarmasi hisobidan 6 ming 846 ta oilaga 601 million 467 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar yetkazib berildi.

photo5265215861914972120.jpg

Jumladan, 7 ming 688 litr paxta yogʻi, 6 ming 574 kilo un, 4 ming 408 kilo shakar, 7 ming 972 kilo makaron, 453 kilo goʻsht, 2 ming 646 kilo tovuq goʻshti, 16 ming 476 kilo kartoshka, 16 ming 420 kilo piyoz, 13 ming 606 kilo sabzi, 10 ming 976 kilo guruch, 1 ming 500 kilo quruq choy, 74 ming 850 dona tuxum , 14 ming 104 dona gigiyenik vositalar tarqatildi.

Saxovat va xayriya mahsulotlarini yetkazib berish ishlari maxsus himoya vositalari bilan taʼminlangan mutaxassislar tomonidan kasallik yuqishi va tarqalishining oldini olish hamda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshirilmoqda.

photo5265215861914972121.jpg


5 699
F. UBAYDULLAYEV, Z. UMRZOQOV (surat), OʻzA