O‘zA O`zbek

06.08.2018 18:23 Chop etish versiyasi

58 fuqarodan 71 murojaat

58 fuqarodan 71 murojaat Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyatdagi to‘rtinchi sektor rahbari Sh.Ahmedov Kattaqo‘rg‘on shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Boshqarma axborot xizmatining xabar berishicha, qabul davomida 58 fuqaro 71 masala bo‘yicha murojaat qilgan. Murojaatlarning 10 tasi ijtimoiy muhofazaning manzilliligini ta’minlash, 9 tasi gaz va ichimlik suvi ta’minoti, 6 tasi sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati, 5 tasi aholi bandligi, 4 tasi yo‘l xo‘jaligi, 6 tasi kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari bilan bog‘liq. Shuningdek, arzon uy-joy bilan ta’minlash hamda uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirishga oid murojaatlar ham bo‘ldi.

– Nabiramni maktabga joylashtirish va uy-joy bo‘yicha qilgan murojaatim ijobiy hal etildi, – deydi N.Nazarova. – Buning uchun rahbarlarga, xalqimiz ko‘nglidagi shunday tizimni yo‘lga qo‘ygan Prezidentimizga rahmat.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarning aksariyatiga yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan hamda viloyat, respublika darajasida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
2 026