O‘zA O`zbek

04.01.2018 14:37 Chop etish versiyasi

500 ga yaqin ijodiy ish kelib tushgan «Adolat – qonun ustuvorligida» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar ommaviy axborot vositalarida yoritilishi bo‘yicha «Adolat – qonun ustuvorligida» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda jurnalistlar, sudya va sud xodimlari, yosh huquqshunoslar qatnashdi.

Tanlovga mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor etishga qaratilgan 500 ga yaqin ijodiy ish kelib tushgan.

Tanlovda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
9 650