O‘zA O`zbek

06.08.2018 18:12 Chop etish versiyasi

50 dan ortiq xorijiy davlat vakillari anjumanda ishtirok etish istagini bildirdi

50 dan ortiq xorijiy davlat vakillari anjumanda ishtirok etish istagini bildirdi O‘zbekiston xalq hofizi Mahmud Tojiboyev rahbarligidagi saralash komissiyasi joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro maqom san’ati anjumanida ishtirok etish maqsadida yuborilgan xorijiy davlatlar vakillarining ijod namunalari yuzasidan o‘z xulosalarini bildirdi.

Hozirgacha 50 dan ortiq xorijiy davlat vakillari anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida mamlakatimiz xonanda, sozanda va maqom ansambllari uchun ham navbatdagi saralash bosqichi o‘tkazilmoqda. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan kelgan yakkaxon xonanda, sozanda va maqom ansambllari o‘z dasturlari bilan qatnashmoqda. Saralab olingan nomzodlar anjuman doirasida tashkil etiladigan tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur anjuman YUNЕSKO shafeligi ostida o‘tkaziladi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 120