O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

50 dan ortiq muvaffaqiyatli biznes vakillari yigʻiladigan tadbir

20-sentyabr kuni 18:30 da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi Yoshlar press-klubida “Korxonalarda marketing siyosatini yuritish” mavzusiga bagʻishlangan “Marketing klubi” tadbiri oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, mamlakatimizdagi Milliy marketing markazi hamkorligida tashkil etiladigan tadbirda mamlakatimizning 50 dan ortiq muvaffaqiyatli biznes vakillari, yosh tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirning maqsadi tadbirkorlik faoliyatida marketingni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

1 744
N.Nasriyev, OʻzA