Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.05.2018 08:00 Chop etish versiyasi

5 yil sovuq o‘lkalarda jang qilgan qahramon

5 yil sovuq o‘lkalarda jang qilgan qahramon Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi G‘affor bobo Sattorov bu yil 98 yoshga to‘ldi. Yuzlaridan nur yog‘ilib turgan otaxon qo‘llarini duoga ochar ekan, mana shunday yorug‘ kunlarga yetkazganiga shukrona keltirdi.

– Yaratganga behisob shukr, tinch-osoyishta yurtda yashayapmiz, – deydi G‘affor bobo. – Yaqinda Yurtboshimizning urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonini eshitib, ichimdan bir tug‘yonlar keldi, xursandchilikdan bu. Qancha-qancha yor-birodarlarimiz bu kunlarni ko‘rolmay ketdi. Ruhlari shod bo‘lsin, ilohim. Endi urush sira qaytmasin. Tinchligimiz abadiy bo‘lsin.

G‘affor bobo Sattorov umrining 5 yilini o‘zi uchun notanish bo‘lgan sovuq o‘lkalarning o‘rmonlarida o‘tkazdi, yurt tinchligi, ozodligi uchun qahramonlarcha jang qildi. Ba’zan qattiq yaralandi, lekin jang maydonini tashlab ketmadi. Mard va jasur ekanini takror-takror isbotladi. Ona yurtiga omon qaytdi. Uzoq yillar qishloq xo‘jalik sohasida mehnat qildi. Urush keltirgan vayronagarchilik, ocharchilik, qiyinchiliklarni sabot bilan yengdi. 8 farzandni tarbiyalab, elga qo‘shdi.

5.jpg

– Tumanimizda 10 nafar urush qatnashchisi yashaydi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Shahrisabz tumani raisi No‘mon Uzoqov. – Ularning holidan muntazam xabar olib turibmiz. Urush qatnashchilarining har biriga ular yashaydigan hududdan bir nafar tibbiyot xodimi biriktirilgan bo‘lib, doimiy ravishda tibbiy nazorat olib boriladi. Har yili “Qashqadaryo sohili” sanatoriysida davolanishlari uchun yo‘llanma beriladi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
2 948