O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

5-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 27 554 (+240) nafarni tashkil etmoqda.

5-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 27 554 (+240) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 461 nafar, Toshkent viloyatida 132 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar hamda Namangan viloyatida 17 nafar, jami 631 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 18 682 (+631) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 703 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

2 438
ЎзА