O‘zA O`zbek

08.08.2018 20:45 Chop etish versiyasi

376 ishtirokchi ishli bo‘ldi

Urganchda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar, jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan shaxslar, umuman, doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida viloyatdagi 924 korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari 5 ming bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Ish beruvchi tomonidan ishchi-xodimlarga yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

Yarmarkaga 1 ming 700 ga yaqin doimiy ish o‘rniga ehtiyoji bor fuqaro jalb qilinib, ularning 376 nafariga ishlash uchun yo‘llanma berildi.

– Tadbirda viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalaridagi mehnat sharoitlari, talablar bilan tanishdim, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchisi Shirinoy Sharipova. – Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasida o‘zimga mos ish topdim. Oylik maoshi meni qoniqtirdi. Asosiysi, o‘zim istiqomat qiladigan hududga yaqin.

Yarmarkada o‘z tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga imtiyozli kredit olish uchun bank muassasalari xodimlari tomonidan tushunchalar berildi.

A.Shokirov, O‘zA
2 058