O‘zA O`zbek

17.08.2018 20:14 Chop etish versiyasi

320 nomdagi kitob taqdim etildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya tomonidan 320 nomdagi kitoblar tuhfa qilindi.

Kitoblar taqdimotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev do‘stlik va qo‘shnichilik ruhida barqaror rivojlanib borayotgan o‘zbek-tojik munosabatlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy almashinuvning mustahkamlanib borishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Mazkur tadbir o‘zbek va tojik xalqlarining adabiy, musiqiy, madaniy hamda do‘stona aloqalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati va san’ati kunlari doirasida tashkil etildi.

Taqdimot doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan joy olgan Tojikiston adiblarining kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 829