O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 17:17 Chop etish versiyasi

30 oktyabrdan Toshkent-Mumbay-Toshkent yoʻnalishida muntazam yoʻlovchi qatnovlari amalga oshiriladi

30 oktyabrdan Toshkent-Mumbay-Toshkent yoʻnalishida muntazam yoʻlovchi qatnovlari amalga oshiriladi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi aholiga qulaylik yaratish maqsadida parvozlar yoʻnalishi va sonini koʻpaytirmoqda.

Jumladan, kuz-qish mavsumi davomida Hindistonning Mumbay shahriga yangi yoʻnalish ochiladi. Toshkent-Mumbay-Toshkent yoʻnalishida muntazam yoʻlovchi qatnovlari 2018 yil 30 oktyabrdan boshlab amalga oshiriladi.

Parvozlar haftasiga uch marta – seshanba, chorshanba va juma kunlari zamonaviy “Airbus A320” samolyotlarida amalga oshiriladi.

Shuningdek, milliy aviakompaniya joriy yilning 28 oktyabridan boshlab Toshkent-Jidda-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovini yoʻlga qoʻyadi.

Toshkentdan Jiddaga va qaytish qatnovlari haftasiga ikki marta – seshanba va yakshanba kunlari zamonaviy “Boeing-757” havo kemasida amalga oshiriladi.

OʻzA